Isroil armiyasi Falastinning HAMAS harakati harbiy-dengiz bazasiga zarba berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” yozmoqda.
Aytilishicha, bazada dengizga chiquvchi tunnel bo‘lgan. U yo‘q qilinganini Isroil mudofaa armiyasi Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Aytilishicha, tunnel HAMASga Isroil harbiylariga bildirmay G‘azo sektori sohilidagi bazani tark etish va dengiz orqali Isroilga hujum qilish imkonini bergan.
Izoh (0)