O‘zbek so‘mining ramz ko‘rinishidagi belgisi paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi Spot yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonuni loyihasiga tayanib.

Foto: “Gazeta.uz”

43-modda (Pul tizimi)da ramz haqidagi band paydo bo‘ldi: “so‘mning ramz ko‘rinishidagi grafik belgisi Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi”. Amaldagi qonunda so‘m ramzi biror marta ham tilga olinmaydi.

Boshqa valyutalardan farqli o‘laroq, o‘zbek so‘mining ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q va bo‘lmagan. Qisqartma sifatida “so‘m”, “сӯм” yoki “сум” ishlatiladi, UZS harf belgisiga va 860 raqam belgisiga ega.

MDH hududida arman drami (Dramsign-oiriginal-idea.jpg), ukrain grivnasi (₴), ozarbayjon manati (Azeri manat symbol.svg), qozoq tengesi (₸), qirg‘iz so‘mi (⊆) va Rossiya rubli (RUB)ning grafik ramzlari bor.

Eng mashhur valyuta belgisi dollar ramzi bo‘lib, u zamonaviy ko‘rinishida ishbilarmonlar yozishmalarida XVIII asrning 70-yillari oxirida paydo bo‘lgan.