O‘zbekistondagi 1303 maktabga zamonaviy o‘quv jihozlari olib kelindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, bu Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
1303 ta umumta’lim maktabi kompyuterlar, printerlar, interfaol doskalar, proyektorlar, konditsionerlar, stabilizatorlar, kabel va tarmoq uskunalari bilan ta’minlanmoqda.
Izoh (0)