“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “O‘zbekiston strategiyasi” ijtimoiy-tahliliy jurnalining nishona soni chop etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Jurnal keng o‘quvchilar auditoriyasi, jumladan, xususiy tadbirkorlar, siyosiy, ekspert-tahlil va amaliy doira vakillari hamda mamlakatga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda O‘zbekistonda yuz berayotgan so‘nggi o‘zgarishlar, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar doimiy sarhisob qilib boriladi.
Turli mavzulardagi tahliliy maqolalar, infografikalar, mustaqil ekspertlarning fikr-mulohazalari, jamoat tashkilotlari vakillari, vazirlik va idoralar mutaxassislari bilan intervyular nashrning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilib, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlarning mamlakatdagi vakolatxonalari va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalarida tarqatiladi.
Izoh (0)