4-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi A.U.ning uyidan boshida jarohatlari bilan ayol kishining jasadi topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida jasad R.U. ismli ayol ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu jinoyatni uy egasi A.U. sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olindi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)