Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8-iyun, juma kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21—23 daraja iliq, kunduzi 32—34 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
Qoraqalpog‘iston, shuningdek, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryoda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 33—38 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent viloyatida kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kechasi 20—25 daraja iliq, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 22—27 daraja iliq, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 17—22 daraja iliq, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida kechasi 12—17, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.
Viloyatlar va tog‘li hududlarda sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)