MDHga a’zo davlatlarning Rossiya tarkibidagi Tiva Respublikasi poytaxti Qizil shahriga yetib kelgan mudofaa vazirlari 6-iyun, chorshanba kuni yig‘ilish boshlanishidan oldin G‘alaba maydonidagi yodgorlik majmuasiga gulchambarlar qo‘ydi, deb yozadi “TASS”.
MDH mamlakatlari Mudofaa vazirlari kengashi majlisida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy idoralari delegatsiyalari, shuningdek, Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi va ishchi organlari vakillari qatnashadi.
Faxrli mehmon sifatida Mo‘g‘uliston mudifaa vaziri Nyamaagiyn Enxbold yetib keldi. Yig‘ilish Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu raisligida bo‘lib o‘tadi.