O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov tashabbusi bilan Toshkentda ko‘zga ko‘ringan tadbirkorlar bilan “biznes-iftor” tashkil qilindi. Bu haqda iftor ishtirokchisi, “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi “Azon.uz”.
Xabarda aytilishicha, uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari bilan birga hukumatning iqtisodiy bloki boshqa vakillari ham ishtirok etgan. Ishtirokchilar soliq tizimidagi islohotlar, budjet va bojxona siyosati, bank va moliya yo‘nalishlarida o‘zaro fikr almashgan.
Izoh (0)