O‘zbekiston hukumati Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam tariqasida 3 ming tonnadan ortiq bug‘doy yetkazdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Gumanitar yordamning taqdim etilishi 5-iyun kuni Hayratonda bo‘lib o‘tdi. Qo‘shni mamlakatga O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev rahbarligidagi delegatsiya bordi.
Millionlab afg‘onistonliklar olti oydan so‘ng ocharchilikka duchor bo‘lishi mumkin. BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha byulletenida qayd qilinishicha, bunga qurg‘oqchilik sabab bo‘lishi mumkin. Och oilalarga yordam ajratish uchun kamida 115 million dollar zarur, deyiladi hujjatda.
Afg‘onistondagi 34 viloyatning uchdan bir qismi o‘tgan yil oxiridan buyon qor va yomg‘ir yo‘qligi bois jiddiy zarar ko‘rdi.
Izoh (0)