Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Go‘zalkent” qo‘rg‘onida IIB uchun yangi ma’muriy bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar qildi.
Ochilish marosimida viloyat rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bino 12 ta xizmat xonasi, navbatchilik qismi, ma’naviyat va ma’rifat soatlari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan majlislar zali, kutubxona, fuqarolarni qabul qilish xonalari, yozgi va qishki oshxonalardan iborat. Yangidan qurilgan ichki ishlar bo‘linmasi hududdagi 26 ta mahalladagi 90 ming 302 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatadi.
Binoning tashqi va ichki tomonlari, hududdagi asosiy chorrahalar zamonaviy rusumdagi raqamli video kuzatuv hamda qayd etish kameralari bilan jihozlanib, bo‘linma navbatchilik qismida uzluksiz nazorat olib borish imkoniyati yaratildi.
Izoh (0)