4-iyun, dushanba kuni 08:17 da Qozog‘istonning janubi-sharqidagi Olmaota viloyatida 4,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Qozog‘iston Ta’lim vazirligi fan qo‘mitasining seysmologik tajriba-metodik ekspeditsiyasi xabariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
Zilzila epitsentri Olmaotadan 184 kilometr sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘ining chuqurligi — 20 kilometr.
Seysmologlarning ma’lumotlariga qaraganda, Uzun-buloq qishlog‘ida 3 ballik yer silkinishlari qayd etilgan.
Izoh (0)