Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi saytida daraxtlarni kesishga ruxsat berish reyestri sinov tartibida ish boshladi. Bu haqda “Gazeta.uz” yozmoqda.
Reyestrga hozircha saytning o‘zbekcha versiyasi bosh sahifasi orqali kirish mumkin (Xulosalar ro‘yxati — Daraxt va butalarni kesishga) va hozircha u faqat Toshkent shahri va viloyati hududini qamrab oladi.
Reyestrda bayonnoma raqami va sanasi, yuridik yoki jismoniy shaxs nomi, tuman, ko‘cha, bayonnomaning qisqacha mazmuni, daraxtlar soni va turi, qaror va to‘lov shakli ko‘rsatilgan. 2018-yil 4-iyun holatiga ko‘ra reyestrdan 216 ta ruxsatnoma o‘rin olgan.
Iyun oyining oxirigacha reyestr to‘la rejimda ishlay boshlaydi.
Izoh (0)