AQShning Yuta shtati Tuele dahasida Nikita laqabli xaski iti bir kechada 20 ta jo‘ja, bitta mushuk, 2 ta o‘rdak, 2 ta quyon, kurka va g‘ozni o‘ldirdi, deb yozmoqda USA Today.
Itning egasiga jarima solinadi.
It hayvonlarni turli joylardan topgan. Masalan, ulardan birini it nogironligi bor bolalarning borishi uchun mo‘ljallangan hayvonot bog‘ida o‘ldirgan.
Voqeaning isboti sifatida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan 4 yoshli itning tunda o‘ljasi bilan kelayotgani aks etgan video topilgan. Hayvonlarning murdalarini Nikita o‘zi hujum qilgan ikkita uyning atrofidagi hududga tashlab ketgan.
Xaskining keyingi taqdirini mahalliy hukumat vakillari hal qiladi. Agar it xavfsiz deb topilsa, uning o‘z egasiga qaytarilishi ehtimoli katta. Hozirda it Tooele City hayvonlar uyida uning ahvolini o‘rganish uchun saqlanmoqda.
Xaskininig egasi Makkenzi Mortonning so‘zlariga qaraganda, Nikita do‘stining uyida bo‘lgan vaqtida yo‘qolgan. Uy esa hayvonot bog‘i yaqinida joylashgan. Makkenzi itni uzoq qidirgan, biroq o‘lik jo‘jalarnigina topgan.
Izoh (0)