Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Bolajonlar-shirintoylar” an’anaviy bolalar moda festivali boshlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Tadbir 1-iyun—Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Festivalning birinchi kunida sohada ta’lim olayotgan talaba-yoshlar, yosh dizaynerlar, bolajonlar va ularning ota-onalari uchun mahorat saboqlari o‘tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan olib borilgan darslarda ishtirokchilar liboslar uchun mato tanlash, materiallarga qo‘l mehnati yordamida bezak berish, bolajonlarni “Fashion show”larda ishtirok etishga tayyorlash va ularning sifatli pardoz-andozi haqida zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, festival davomida taniqli dizaynerlar bilan uchrashuvlar, modalar namoyishi, ishtirokchilarni taqdirlash marosimi va gala-konsert tashkil etiladi.
Avvalroq, “Bolajonlar-shirintoylar” bolalar moda festivali finali 30-may—1-iyun kunlari o‘tkazilishi xabar qilingan edi.
Izoh (0)