“Obod qishloq” dasturi doirasida Jizzax viloyatidagi Gagarin shaharchasida kam ta’minlangan oilalar uchun arzonlashtirilgan 4 sotixli 400 ta namunali uy barpo etilmoqda. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
“Obod qishloq” dasturi 1-apreldan boshlab har bir tuman va shaharda, avvalambor, olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududlarda amalga oshiriladi. 2018-yilda 2 tadan hamda kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da yashash sharoitlarini yaxshilash, qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirish va mehnat o‘rinlarini yaratishga qaratilgan ishlar olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risidagi farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 29-mart kuni imzolangan.
Izoh (0)