Xalqaro Buker mukofoti hay’ati oxirgi 50 yil mobaynida ushbu mukofotni olgan mualliflar orasidan eng yaxshilarini saralab oldi. Bu haqda AP xabar bermoqda.
So‘rov Buker mukofotining asos solinishiga (1969-yil) 50 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Hay’at a’zolari har bir o‘n yillik uchun bir nafardan eng yaxshi muallifni tanlab oldi. Ro‘yxatga britaniyalik adiba Xilari Mentel (“Bo‘rilar zali”), kanadalik Maykl Ondatje (“Ingliz bemor”), amerikalik Jorj Sonders (“Linkoln bardoda”), hindistonlik Vidiadxar Naypol (“Erkin davlatda”) va britaniyalik Penelopa Layvli (“Oy yo‘lbarsi”) kirdi. Endi ular eng yaxshi bo‘lish uchun o‘zaro kurashadi.
Yarim asrning eng yaxshi ingliz tilli muallifi umumxalq ovoz berishida aniqlanadi. Ovoz berish natijalari 8-iyul kuni ma’lum bo‘ladi.
Buker mukofoti ingliz tilli adabiyotdagi eng nufuzli mukofot bo‘lib, u dunyoning har qanday mamlakati fuqarolari bo‘lmish mualliflarga ingliz tilida yozilgan eng yaxshi roman uchun beriladi. G‘olib 50 ming funt sterling mukofot puli oladi. 2005-yildan boshlab Buker mukofoti ingliz tiliga tarjima qilinib, keng sotuvga chiqqan romanlarga ham beriladi.
Izoh (0)