Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 21-may kuni noma’lum shaxs N.X. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Chortut mahallasiga yetib kelganida haydovchini kuch ishlatish yo‘li bilan mashinadan tushirib yuborgan va avtomobilni haydab qochgan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasidan xabar berishlaricha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi Yu.A. sodir etgani aniqlangan.
U avtomobilni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududidan o‘tuvchi “Qarshi—Shahrisabz” yo‘lida haydab ketayotganida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)