O‘zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 24–25-may kunlari “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish—buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida respublika “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Ayni paytda Toshkent shahridagi Sayilgoh ko‘chasida kitob bayrami bo‘lib o‘tmoqda.
Kitob bayramida nashriyotlar, ijodiy uylar, matbaa korxonalari, taniqli shoir va yozuvchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Bayram ikki kun davom etadi.
Izoh (0)