O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon davralari 22-mart kuni Chimkentda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama biznes-forumda 62 million dollar qiymatdagi yettita hujjat imzoladi. Bu haqda, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Shuningdek, “O‘zbekiston – Qozog‘iston” ishbilarmon kengashi hamda kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi. Ularda ikki mamlakat vazirlik va idoralari vakillari qatnashdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi o‘tgan yili 2 milliard dollardan oshdi, joriy yilning dastlabki to‘rt oyida esa 788,2 million dollarni tashkil etdi, ya’ni 41,6 foizga ko‘paydi.
Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Sohib Saifnazarov savdo aloqalari rivojining shu dinamikasi saqlangan taqdirda tovar aylanmasini davlat rahbarining topshirig‘iga binoan 2020-yilgacha kutmay 5 milliard dollarga yetkazish mumkinligini e’tirof etdi.
Izoh (0)