• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir hadis sharhi — Islom ummatiga Ramazonda berilgan beshta xos xislat

    “Islom.uz” portali Islom ummatiga Ramazonda berilgan beshta xos xislat haqidagi hadis sharhini keltirib o‘tdi.

    Foto: “Islom.uz”

    Foto: “Islom.uz”

    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

    “Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Mening ummatimga Ramazonda avvalgi  ummatlarga berilmagan beshta xos narsa berildi. Ro‘zadorning og‘zidan chiqadigan hid Allohga yoqadi va nazdida mushkdan yaxshi. Suvdagi baliqlar iftor vaqtigacha istig‘for aytishadi. Alloh har kuni jannatni bezaydi va “Yaqinda taqvodor bandalarim dunyo qiyinchiliklarini tashlab, seni oldingga kelishadi”, deydi. Ramazonda hamma o‘zboshimcha shaytonlar kishanlanadi, Ramazondan tashqaridek o‘zlarining yomon ishlarini qila olmaydilar. Va so‘nggi kuni, ro‘za tutganlarning gunohlari mag‘firat qilinadi”, dedilar. Sahobalar: “Bu Qadr kechasimi?” deyishdi. Rasululloh sallolohu alayhi vasallam: “Yo‘q, ishchi bilan ish tugagach hisob-kitob qilinadi”, dedilar.

    Sharh: Nabiy sallollohu alayhi vasallam bu hadisda avvalgi ro‘za tutgan ummatlarning emas, balki o‘zlarining ummatlari  uchun Allohning rahmati bo‘lgan beshta xos narsa haqida gapirib berdilar. Agar biz bu ne’matlarning qadriga yetganimizda edi, bu Allohning xos marhamatidan ko‘p ko‘p ajrlanib qolishga harakat qilgan bo‘lar edik.

    Birinchisi: ro‘zadorning ochlik sabab og‘zidan chiqadigan hid Allohga mushkdan sevimliroqdir.

    Ulamolarimizning bu haqda sakkiz xil fikrlari mavjud bo‘lib, ular ichida uchta fikr kuchliroqdir.

    Birinchisi, Alloh oxiratda bu hid evaziga mushkdan ham yoqimliroq, xushbo‘yroq hid ato etadi.

    Bu aniq ixtilofi yo‘q fikr.

    Ikkinchi fikr, qiyomat kuni bandalar qabrlaridan chiqarilganda ularnig og‘izlaridan mushku anbar hidi kelib turadi, va bu ularnig ro‘zadorlar ekanligiga dalil bo‘ladi.

    Uchinchi fikr, Alloh Taolo bu hidni bu dunyoda ham mushkdan ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘radi. Bunisi sevgi mavzusiga taalluqli. Agar kimdir kimgadir nisbatan bog‘liqlik sezsa va sevsa, uning badbo‘y hidi ham mingta mushkdan yaxshi va suyukliroq bo‘ladi.

    Iymon keltirgan, ro‘za tutgan bandaning asl maqsadi – Allohga qurbat hosil qilish, U Zotning suyukli bandasiga aylanish.  Ro‘za Alloh eng yaxshi ko‘rgan amallardandir. Har bir ezgu amal uchun ajrlar farishtalar orqali beriladi, lekin ro‘za uchun mukofotni Allohning o‘zi beradi, chunki bu ibodat faqat Alloh uchundir. Ba’zilar mukofot Allohning O‘zidir deyishadi. Ya’ni Alloh bilan uchrashishdan ham buyukroq nima bo‘lishi mumkin?!

    Boshqa hadisda ro‘za ibodatning hamma turlariga eshik ekani aytilgan.

    U qalblarni nurafshon qiladi, shundan insonda boshqa ibodat turlariga rag‘bati kuchayadi, faqat ro‘za haqiqiy ma’nodagi ro‘za bo‘lsagina shunday. Faqat och yurishni o‘zi kifoya qilmaydi, ro‘zada hamma odob-axloq me’yorlariga amal qilish kerak.

    Shu yerda e’tiborga loyiq bir savol bor, hid mavzusiga tegishli hadisga binoan ba’zi bir imomlar peshindan keyin ro‘zadorga misvok ishlatishni man qilishadi. Xanafiy ulamolari esa, misvokni xohlagan vaqtda ishlatish mumkin, sababi u tishlardagi hidni ketkazadi, hadisda aytilgan hid insonning bo‘sh oshqozonidan chiqadi, tishidan emas, deyishadi. Xanafiylarnig bu dalillari hadis va fiqh kitoblarida keltirilgan.

    Ikkinchisi: bu baliqlarnig istig‘for aytishi. Bu bilan insonga ko‘p narsalar duo qilishini bilib olsa bo‘ladi. Bu mavzu ko‘p hadislarda keltirilgan. Ba’zi hadislarda farishtalar ro‘za tutgan odam uchun istig‘for aytishi keltirilgan. Ulamolar aytadilarki: “Baliqlarga oid gaplar Allohning – “Albatta iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga  Rohman muhabbat paydo qilur” (Maryam surasi, 96-oyat) so‘zlari bilan bevosita bog‘liq”.

    Yana hadisda aytiladi, “Agar Alloh taolo biror bandasini yaxshi ko‘rib qolsa, Jabroil alayhissalomga: “Men bu bandamni yaxshi ko‘raman sen ham yaxshi ko‘rgin!” deydi. Jabroil alayhissalom uni yaxshi ko‘radi va osmon ahliga nido qilib, falonchi odamni Alloh yaxshi ko‘rdi endi sizlar ham yaxshi ko‘ringlar” deydi. Barcha osmon ahli uni yaxshi ko‘radi. Shundan so‘ng yerga uni yaxshi ko‘rish amri bo‘ladi”.

    Bunday insonni atrofidagilar yaxshi ko‘rishi ajablanarli holat emas. Bu yaxshi ko‘rishlik shu darajada keng yoyiladiki hatto dengiz mahluqlari ham uni yaxshi ko‘rib haqqiga duo qilishadi. Ya’ni yaxshi ko‘rishlik quruqlikdan tortib dengizgacha qamrab olishi bu ro‘zadorga bo‘lgan sevgining yuqori cho‘qqisidir.  Xuddi shu yo‘l bilan o‘rmon ahlining ham duosi borligi ma’lum bo‘ldi.

    Uchinchisi: bu jannatning bezatilishi. Bu haqda ham ko‘p hadislarda aytilgan. Jannatning Ramazon uchun bezatilishi yil boshida boshlanadi.  Odatdagidek, mehmonning kelishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilsa, shunga yarasha ertaroq harakat qilinadi. Xuddi shunday nikoh tadoriga ham bir necha oy avval boshlanadi.

    To‘rtinchi: o‘zboshimcha shaytonlarning kishanlanishi va bu sababli gunohlar soni kamayayishi. Muborak Ramazon oyida, Allohning rahmati tufayli ibodat sonini oshishi kutilgan edi, shaytonlar sillasi quriguncha odamlarni yo‘ldan urishi, va gunohlari har qanday chegaradan chiqib ketishi kerak edi. Lekin shunga qaramasdan, ko‘rib tasdiqlanishiga ko‘ra ma’siyat qilish kamaygan. Qancha mast qiluvchi ichimlik ichuvchilar bor, aynan Ramazon oyida ichishni to‘xtatadilar. Xuddi shunday boshqa gunohlar ham kamayadi. Shuningdek savob ish qiluvchilar soni ko‘payadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, masjidlarda jamoatning soni keskin ortgan bo‘ladi.

    Lekin baribir gunohlar qilinaveradi.  Gunohlar qilinishi biz o‘rganayotgan hadisga zid kelmaydi. Chunki gunohlar shayton sababli qilinsa-da, yil davomida ularga bog‘langanlik va ularning zaharli harakatlari tufayli nafs ularga shu darajada ko‘nikib ularning ta’siri ostiga tushib qolganligidan, bu qilingan gunoh, ularga gunoh sifatida emas oddiy odat sifatida qabul qilinish darajasiga yetganligidandir.

    Shu sababli Ramazon oyidan boshqa oylarda gunoh qiluvchi odamlar, Ramazon oyida ham gunoh qilaverishadi. Toki nafsga itoat etilar ekan shunday bo‘laveradi.

    Yana bitta sabab bor, Rasululloh sallollolhu alayhi vasallam: “Inson gunoh qilganda uning qalbida bitta qora dog‘ paydo bo‘ladi. Agar tavba qilsa u ketadi, tavba qilmasa qoladi. Agar u yana boshqa gunohni sodir etsa, yana yangi qora dog‘ paydo bo‘ladi. Va shu yo‘sinda butun qalbi qorayib ketgunicha davom etadi. Shundan so‘ng bu qalbga yaxshilik kirmaydi”, deb marhamat qilganlar.

    Bu haqda Alloh taolo Qur’oni karimda shunday xabar beradi: “Yo‘q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog‘ob bo‘lib o‘rnashib qolgan xolos.” (Mutaffifin surasi, 14-oyat).

    Bu holatda qalbning o‘zi ma’siyatga moyil bo‘lib qoladi. Shu sababli ko‘pchilik bir gunohni uyalmasdan qilaveradi, lekin ular oldida shu kabi boshqa gunoh ishlar chiqsa, qalbi unga qarshi chiqadi. Masalan, agar mast qiluvchi ichimlik ichuvchi odamga cho‘chqa go‘shti taklif qilinsa, unga nisbatan nafrati oshib ketadi, aslida ikkalasining gunohi birdek og‘ir.

    Shundan bilamizki, Ramazondan tashqarida gunoh sodir etilganda, qalblar uni rangi bilan qoplanadi. Keyin u gunohlarni bajarish uchun ularga Ramazon oyida shaytonlarning keragi bo‘lmay qoladi.

    Har bir odam o‘zidan kelib chiqib shuni kuzatishi mumkin, muborak Ramazon oyida ezgu amallarni qilish uchun yoki gunohlardan saqlanish uchun, boshqa oylardagidek juda katta kuch talab qilinmaydi. Ozgina qat’iylik va diqqat bo‘lsa kifoya.

    Beshinchisi: bu hamma ro‘za tutganlarning Ramazonning so‘nggi kechasida kechirilishi.

    Ramazon kechalarining eng xayrlisi Qadr kechasidir. Shuning uchun sahobalar unday fazl shu kecha uchun bo‘lsa kerak deb o‘ylashdi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ularga Qadr kechasining qiymati alohida, bu fazl esa Ramazonning tugashi munosabati bilan ekanini uqtirib, “Yo‘q, ishchi bilan ish tugagach hisob-kitob qilinadi”, dedilar.

    24.05.2018, 10:45   Izoh (0)   32175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: Tashkent City’dagi barcha maydonlar sotib bo‘lingan

    24.05.2018, 10:36

    O‘zbekistonda Yo‘l harakati qoidalari yengil va yuk mashinalariga kunduzgi yurish chiroqlaridan majburiy foydalanish talabi bilan to‘ldirildi

    24.05.2018, 10:29

    Toshkentda piyodalar yo‘lagida keksa kishiga yo‘l bermagan 15 nafar haydovchining barchasi jarimaga tortildi (video)

    24.05.2018, 10:17

    O‘zbekiston shahar va qishloqlarida transport harakatining cheklangan eng yuqori tezligini pasaytirish taklifi tasdiqlanmadi

    24.05.2018, 10:16

    O‘zbekistonda avtomobillar oynasini qoraytirishga ruxsat berish haqidagi murojaat Oliy Majlis muhokamasiga o‘tdi

    24.05.2018, 09:45

    Samarqandda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab-internat direktori ishdan bo‘shatildi

    24.05.2018, 09:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiya bosh vaziri va BMT bosh kotibi Nagasaki bo‘yicha nutqda AQSHni tilga olmadi

    Dunyo | 9 avgust, 13:15

    Meta 24 yoshli sun’iy intellekt mutaxassisiga 250 mln dollarlik maosh taklif qildi

    Layfstayl | 9 avgust, 12:45

    Hamzat Chimayev: “Agar men Olimpiya chempioniga qarshi chiqadigan bo‘lsam, u meni yanchib tashlaydi”

    Sport | 9 avgust, 12:35

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 mln dan oshdi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 12:20

    Norvegiyada besh kun oziq-ovqatsiz muzlikda qolib ketgan amerikalik eko-jurnalist qutqarildi

    Dunyo | 9 avgust, 11:55

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov ehtimoliy raqibi kim bo‘lishini aytdi

    Sport | 9 avgust, 11:25

    Grenada Buyuk Britaniya qiroliga sodiqlik qasamyodidan voz kechdi

    Dunyo | 9 avgust, 11:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.