Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

19-may kuni soat 17:45 larda Toshkent shahar Mirobod tumanidagi “Vesna” kafesida fuqaro U. qo‘shnisi V. bilan birga spirtli ichimliklar iste’mol qilishib, o‘zaro janjal oqibatida fuqaro V. qo‘shnisi U. ning boshiga g‘isht bilan urib tan jarohati yetkazgan va o‘zining uyiga ketgan, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shundan so‘ng, U. oshxona pichog‘i bilan V. ning uyiga borib, uni ko‘krak sohasiga bir necha marotaba pichoq bilan sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Shifokorlarning harakatlari natijasida V. ning hayoti saqlab qolingan.

Hozirda fuqaro U. ushlanib, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi