Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari 2019-yili Qirg‘izistonda uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tomonlar bu borada oxirgi uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra kelishib olgan.
Bundan tashqari, xavfsizlik kengashlari kotiblari ShHTga raislik qilgan Xitoyning faoliyatiga yuqori baho berdi.
Shuningdek, 9–10-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida o‘tadigan ShHT davlatlari rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)