22-may kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida “Muzey ishini rivojlantirish ahvoli va istiqbollari” mavzuida seminar tashkil etildi. U 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi vakillari ma’lum qildi.
Tadbirda O‘zbekiston muzeylari vakillari, OAV xodimlari, soha ekspertlari, chet ellik mehmonlar, jumladan, YuNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Dendev Badarch ishtirok etdi.
Davra suhbatida O‘zbekistonda muzey ishini rivojlantirish masalalari, muzeylar oldida turgan dolzarb muammolar ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning Xalqaro muzeylar kengashida ishtiroki masalasi ko‘rib chiqildi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston muzeylar assotsiatsiyasi tuzilishi borasidagi rejalar aytib o‘tildi.
Izoh (0)