Miss Qozog‘iston-2018 Alfiya Yersayn tanlovdagi g‘alabasi uchun qo‘lga kiritgan 3 million tengening ma’lum qismini xayriya ishlariga ajratdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Alfiya Qozog‘istonning Atirau shahridagi Magjan Jumabayev nomidagi 1-maktabning 22 nafar o‘quvchisiga sovg‘alar ulashdi.
Maktab rahbari Guljan Kojaxmetova Alfiyaning o‘quvchilarga o‘tgan oydayoq yordam berish istagini bildirgan. Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda kerakli narsalar ro‘yxatini tuzib Alfiyaga bergan.
Alfiya Yersayn aslida boshqa maktabda o‘qigan. Shoir Magjan Jumabayev ijodiga qiziqishi tufayli aynan shu maktab o‘quvchilariga yordam berishga qaror qilgan.
Izoh (0)