Meduza kino olamining eng nufuzli tanlovlaridan biri Kann festivalining natijalarini taqdim qildi.
“Oltin palma yaprog‘i” mukofoti – Xirokadzu Kore-Edining “Do‘kon o‘g‘rilari” filmiga;
Gran-pri – Spayk Li;
Eng yaxshi aktrisa – qozog‘istonlik Samal Eslyamova, Sergey Dvortsovning “Ayka” filmida (kartina Moskvadagi mehnat migrantlari hayoti haqida hikoya qiladi) bosh rol ijrochisi;
Eng yaxshi aktyor – italiyalik Marchello Fonte, Matteo Garronening “Itxona” filmidagi roli uchun;
Hakamlar mukofoti – livanlik Nadin Labakining “Kapernaum” filmi;
Eng yaxshi rejissor – polshalik Pavel Pavlikovskiy, “Sovuq urush” filmi uchun (uch yil ilgari “Ida” filmi uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan);
Maxsus mukofot – Jan-Lyuk Godar, “Obraz va nutq” filmi;
Eng yaxshi ssenariy – Aliche Rorvaxer, “Baxtli Lazar” filmi, Nader Sayeivar “Uch chehra” filmi.
Izoh (0)