Yoshlar ijodiyoti saroyida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan hunarmandlik mahsulotlarining “Oltinqo‘l hunarmand” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Badiiy akademiya, Toshkent shahar hokimligi xodimlari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari, usta-hunarmandlar, xorijiy davlatlardan kelgan hunarmandlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
Ilk bor tashkil etilayotgan mazkur xalqaro ko‘rgazmada respublikadagi barcha viloyatlardan 140 dan ortiq hunarmand 34 yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratini namoyon etmoqda. Ko‘rgazma doirasida mohir usta-hunarmandlar tomonidan hunarmandchilik va amaliy san’atning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat saboqlari ham tashkil etiladi. Unda turli hududlardan kelgan hunarmandlar ish jarayoni bilan bevosita tanishishi mumkin. Bu kabi ko‘rgazmalar yurtimiz hunarmandligi rivoji va uni dunyoga tanitish uchun katta ahamiyatga ega.
Izoh (0)