“Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qarorga asosan, turistik zonani (94 805,32 gektar) rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan. Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha dastur qabul qilindi.
“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” tuzildi.
Eslatib o‘tamiz, “Chorvoq” erkin turistik zonasi 2017-yil 5-dekabrdagi Prezident farmoniga asosan tashkil etilgan.
Izoh (0)