“Amerika Ovozi” ijodkorlari Oq Uy rasmiysi Liza Kyortisdan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi yuzasidan sharh oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Oldin xabar qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan 15–17-may kunlari AQShda bo‘ladi.
O‘zbekiston va AQSh rahbarlari uchrashuvi oldidan kuni kecha Vashintongdagi nufuzli Atlantika Kengashida kechgan forumda Toshkentdan kelgan delegatsiya respublika islohotlar davrida Amerika bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ekanini bildirdi. Oq Uy rasmiysi Liza Kyortisga ko‘ra, AQSh O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Izoh (0)