Navoiy shahri markazida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i hududida Harbiy vatanparvarlik bog‘i ochildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Markaziy harbiy okrug hamda Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda bunyod etilgan bog‘ maydoni 3360 kvadrat metrni tashkil etadi.
Piyodalar va desantchilar jangovar mashinalari, tank, zirhli transportyorlar, turli kalibrli artilleriya qurollari bog‘dan o‘rin olgan.
“Sharq qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlariga jami 65 million mablag‘ sarflangan.
Izoh (0)