“O‘zagroeksport” Surxondaryo viloyatining dehqon va fermer xo‘jaliklaridan piyozni foydali narxda — bir kilogrammi uchun 1200 so‘mdan sotib olishni boshladi.
Bunday narx fermerlarga o‘z xarajatlarini qoplashga yordam beradi. Piyoz 30 kilogrammgacha bo‘lgan qoplarda sotib olinadi.
Piyozning bir kilosini o‘rtacha ishlab chiqarish narxi 590 so‘mni tashkil qilib, eksportga jo‘natiladi. Eksport jo‘natmalari Uzagro milliy brendi ostida amalga oshiriladi.
O‘tgan yili meva-sabzavotlar eksporti uchun yagona — Uzagro brendi ishlab chiqilgandi. Ushbu brend dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning yuqori sifatli ekanligining kafolati bo‘ladi. Respublikada yetishtirilayotgan barcha meva-sabzavotlar yagona milliy brend ostida eksport qilinadi.
Izoh (0)