Nyu-Yorkdagi Central Asia Foundation jamg‘armasi Sharq ovozi internet-radiosini ishga tushirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar berdi.
Central Asia Foundation jamg‘armasi prezidenti Ashraf Zokirovning aytishicha, radiostansiyani ochishdan asosiy maqsad AQShda yashayotgan o‘zbeklar uchun ma’lumotlarning foydali manbasini yaratish, yangi mamlakatga moslashishga ko‘maklashishdan iborat.
“Bizning asosiy maqsadimiz 200dan ortiq millat yashaydigan Shimoliy Amerikada Markaziy Osiyo diasporasini yaratishdir”, – deydi Ashraf Zokirov.
Central Asia Foundation 2017-yildan buyon Markaziy Osiyo davlatlari hayotiga bag‘ishlangan Sharq ovozi jurnalini chop etadi. Jurnalning navbatdagi soni O‘zbekiston Prezidentining AQShga tashrifi yakunlariga bag‘ishlanadi.
Izoh (0)