Xorazm viloyatining Urganch tumanidagi xonadonlardan birining garajida 10-may kuni yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV.
Hodisa oqibatida garajda bo‘lgan Volkswagen va Matiz rusumli avtomobillar yonib, texnik zarar ko‘rgan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)