Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida 11-may kuni tong soat 04:30 lar atrofida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, Bekobod tumanida yashovchi J.M. o‘zining Nexia mashinasini O‘rta Chirqiq tumani hududidan o‘tgan “Nurafshon—Toshkent” yo‘lining 16-kilometrida haydab ketayotganida ikki piyodani urib yuborgan.
“Natijada har ikkala piyoda ham olgan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)