Janubiy Koreya Respublikasiga mehnat shartnomasi asosida ishga ketuvchi fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishning 2-bosqichi davom etmoqda. Bu haqda Tashqi mеhnat migratsiyasi masalalari agеntligining matbuot xizmati xabar berdi.
9–16-may kunlari Janubiy Koreyaga mehnat shartnomasi asosida ishga ketuvchi fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishning 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
9–10-may kunlari nomzodlar onlayn tarzda ma’lumotlarni yuklash vaqtida internet bog‘liq muammolarga duch kelganini ma’lum qilgan. Murojaatlarga asosan, agentlikning viloyatlardagi mintaqaviy byurolariga hujjatlarni elektron tarzda (disk yoki flesh kartada) topshirish mumkinligi e’lon qilindi.
Hujjatlar 11–14-may kunlari soat 09:00 dan 20:00 gacha qabul qilinadi.
Zarur hujjatlar:
- Pasport nusxasining skaner varianti (hajmi 100 kb.dan oshmasligi shart) ;
- 3,5 x 4,5 hajmdagi foto surat nusxasining skaner varianti (hajmi 15 kb.dan oshmasligi shart);
- Familiya, ism,sharifi;
- Tug‘ilgan yili, oyi, kuni;
- Pasport seriyasi va raqami;
- Telefon raqami;
- Yashash manzili.
Izoh (0)