Keniyadagi “Patel” (Patel Dam) to‘g‘oni o‘pirilib ketishi oqibatida, kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Keniyaning Daily Nation nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Halokat Nakuru hududida 10-mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 300 dan ziyod kishi uy-joysiz qolgan. Nakuru ma’muriyatining qayd etishicha, hodisa keltirib chiqargan talafot darajasi o‘rganilmoqda.
Nakuru gubernatori mamlakatda davom etayotgan kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi suv toshqinidan aholini ogohlantirdi.
“Qizil xoch” jamiyati ma’lumotlariga qaraganda, 39 kishi jarohatlangan. Hozirda voqea joyida qutqaruv-qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)