“O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Afv etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- asosiy va o‘talmagan qo‘shimcha jazodan to‘liq yoki qisman ozod etish;
- jazodan shartli ozod qilish;
- umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini yoki o‘talmay qolgan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muayyan qismini yengilroq jazoga almashtirish;
- sudlanganlikni olib tashlash.
Izoh (0)