Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘i yanglishtiruvchi ma’lumotga ega bo‘lgan 500 millionga yaqin xabarni blokladi. Ijtimoiy tarmoqning 1 milliarddan ortiq foydalanuvchisi bor. Bu haqda 7-may kuni South China Morning Post xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
WeChat mutaxassislari ijtimoiy tarmoq messenjeriga maxsus dasturni kiritdi. Dastur foydalanuvchilar tomonidan tarqatiladigan “mish-mish”larni aniqlash va bloklashga qaratilgan.
Bunday “mish-mish”larga 2014-yilning martida Malaysia Airlines kompaniyasi samolyotining g‘oyib bo‘lishi yoki saratonni davolashning muqobil usullari haqidagi quruq muhokamalarni kiritish mumkin.
2017-yil yakuniga qadar dastur ishonchsiz ma’lumotlar haqida 37 million ogohlantirish yuborib, undan 19,7 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalangan.
Izoh (0)