Nunofi kompaniyasining ijrochi direktori Vladislav Klayban Slovakiyada fashizm ustidan g‘alaba qozonilgan kun sharafiga 0 yevro nominalidagi suvenir yevrobanknotasi besh ming tirajda chiqarilishi va uni ikki yevroga xarid qilish mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Suvenir yevrobanknota Yevropaning barcha mamlakatlarida fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba nishonlanadigan 8-may kuni sotuvga chiqadi. Barcha istovchilar uni Banska-Bistritsa shahridagi muzey hududiga joylashtirilgan maxsus bankomatdan xarid qilishi mumkin”, — deydi Klayban.
Kupyura standart yevrobanknotalar metariallaridan tayyorlanadi, biroq moliyaviy operatsiyalar uchun qo‘llanilmaydi.
Izoh (0)