Fransiya iqtisodiyot vaziri Bruno Le Mer AQSh prezidenti Donald Trampga Parijda 2015-yilning noyabrida yuz bergan teraktlar haqidagi so‘zlarini qaytarib olish da’vati bilan murojaat qildi. Bu haqda BFMTV xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Uning so‘zlari xalqaro maydondagi eng kuchli, ittifoqchi davlatlar rahbari va Fransiyaning do‘sti bo‘lgan davlat prezidentiga loyiq emas va haqoratli. Biz qurollar erkin tarqalishi sababli AQShda yuz berayotgan ommaviy qotilliklarga bu kabi izohlar bermayapmiz-ku? … U so‘zlarini qaytarib olishi va afsusda ekanligini ma’lum qilishini istardim”, — dedi Le Mer.
Avvalroq Tramp Fransiyada qurol olib yurish haqidagi qonun amal qilgan taqdirda Parijdagi 2015-yil noyabridagi terakt qurbonlari kamroq bo‘lishi mumkin bo‘lganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)