Buyuk Britaniyaning muhim tarixiy obidalaridan biri hisoblanuvchi Tempereyt-xaus 5 yillik ta’mirlash ishlaridan so‘ng, yana o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar beradi National Geographic.
Kyuda qirollik botanika bog‘iga salkam 260 yil oldin asos solingan. Bugungi kunda 132 gektar maydonni egallagan bog‘da ko‘plab oranjereya va paviliyonlar joylashgan. Bog‘ hududi YuNESKO’ning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Tempereyt-xausni qurish ishlari 1859-yilda boshlangan. Oranjereyalar esa oradan 4 yil o‘tgach qurila boshlangan va oradan 40 yil o‘tgachgina yakuniga yetkazilgan. Bino uch elementdan iborat: to‘g‘ri burchakli markaziy seksiya, ikkita sakkiz burchakli va ikkita yon qanot. Issiqxona uzunligi 188 metrni tashkil etadi, maydoni esa 4880 kvadrat metrga teng, balandligi 18 metr.
Bog‘ hududidagi oranjereyani ta’mirlash ishlari 5 yil oldin boshlangan edi. Ushbu vaqt davomida ishchilar 5280 litr bo‘yoq ishlatdi va 15 000 ga yaqin oynalarni almashtirdi. Barcha ishlar uchun 41 million funt sterling sarflangan.
Izoh (0)