Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-may kuni mamlakat Vazirlar Mahkamasining majlisida global iqtisodiyotning keskin vaziyatiga qaramasdan, to‘rt oylik yakunlari milliy iqtisodiyot sohalari rivojlanishida barqaror sur’atlar saqlanib qolganligidan guvohlik berishini ta’kidladi. Bu haqda SNG.Today xabar bermoqda.
“Hozirgi paytda mamlakatda umumiy qiymati 41 milliard AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan yirik obyektlar qurilishi olib borilmoqda. Sanoat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar belgilangan muddatlarda barpo etilib, foydalanishga topshirilgan. Kaspiy sohilidagi Xalqaro dengiz porti, sog‘lomlashtirish-ko‘ngilochar markazlar va bolalar bog‘chalari shular jumlasidandir”, — dedi davlat rahbari.
Turkmaniston rahbari so‘zlariga qaraganda, qabul qilingan dasturlarga muvofiq ta’lim va ilm-fan sohasidagi islohotlar muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda, ishlab chiqarish sohalari modernizatsiya qilinmoqda. Bozor iqtisodiyoti shakllantirilmoqda.
Izoh (0)