Amerikalik Don Gorske o‘z hayoti davomidagi 30 minginchi Big-Makni tanovul qildi va yeyilgan burgerlar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda USA Today nashri xabar bermoqda.
Nafaqaga chiqqan qamoqxona qo‘riqchisi Gorske may oyiga kelib 30 minginchi Big-Makni yeyishga so‘z bergan edi va va’dasini bajardi. 64 yoshli erkak rekord burgerni 1972-yilda ilk bor bu taomni tatib ko‘rgan “Makdonalds” restoranlar tarmog‘ida tanovul qildi.
U Big-Makning yubiley sonini tanovul qilishdan avval bir yarim soatlik prezentatsiya o‘tkazdi va shu paytgacha yegan burgerlari sonini qayd etib borgan daftarini ko‘rsatdi.
U odatda haftasiga 14 ta Big-Mak tanovul qiladi. Ularni oldindan xarid qilib qo‘yib, so‘ngra mikroto‘lqinli pechda isitadi. Gorske muntazam shifokorlar tekshiruvidan o‘tib turishi va uning qon bosimi me’yorida, xolesterin miqdori past darajada ekanligini ma’lum qildi.
Izoh (0)