Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanining “Ko‘kcha” ovuli fuqarolari — Oqiljon Baltaboyeva hamda uning qizi Feruza Alibekova davlat chegarasini noqonuniy ravishda buzib o‘tganligi bois, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
“Kruz.uz” saytining yozishicha, To‘rtko‘l tuman hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi X.Ibodullayeva ozodlikdan mahrum etilgan F.Alibekovaning voyaga yetmagan farzandi borligi, A.Baltaboyevaning oilaviy sharoiti, muqaddam sudlanmaganligini inobatga olib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston sudiga kafillik xati bilan murojaat qilgan.
Sud, To‘rtko‘l tuman xotin-qizlar qo‘mitasi kafilligiga asosan, fuqarolar Baltaboyeva va uning qizi Alibekovani sinov muddati bilan ozodlikka chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
“Fuqarolar o‘z oilalari bag‘riga qaytishdi”, — deyiladi sayt xabarida.