BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 1,9 million nafar aholisi to‘yib ovqatlanmaydi. Ayni vaqtda, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, mamlakat aholisining 4,5 million nafari semizlik kasalligidan aziyat chekmoqda.
“Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturi ijodkorlari o‘ziga xos surishtiruv olib borib, mazkur muammolarning sabablaridan biri dabdabali to‘ylar ekani haqidagi xulosaga keldi.