O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan general Sobir Rahimovning haykali Toshkentning G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘idan o‘zining avvalgi joyi — Olmazor tuman hokimligi binosi oldiga qaytariladigan bo‘ldi.
“Xabar.uz” fotomuxbiri Farrux Aliyev 4-may kuni Olmazor tumani hokimligida bo‘lib, haykalni ko‘chirib keltirish uchun olib borilayotgan tayyorgarlik ishlaridan fotoreportaj tayyorladi.