O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi bilan Shomahmudovlar oilasi haykali o‘zining birinchi joyi —Xalqlar do‘stligi maydoniga qaytdi. Qayd etish joiz, haykal qaytishi bahona maydonning nomi ham, maydon oldida joylashgan san’at saroyi va metro bekatining nomi ham o‘zining birinchi nomi — “Xalqlar do‘stligi”ni qaytarib oldi.
“Xabar.uz” fotomuxbiri Farrux Aliyev 28-aprel kuni maydonda bo‘lib, u yerda olib borilayotgan qurilish ishlaridan fotoreportaj tayyorladi.