Toshkentdagi Amir Temur shoh ko‘chasining Yunusobod tumanidan o‘tgan qismida 5-may kuni soat 14:30 atrofida yong‘in qayd etildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, yo‘l yoqasidagi garajlarning birida yong‘in kelib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, garajning ichida VAZ-2121 rusumli avtomobil ham bo‘lgan.
Yong‘in xavfsizligi xizmatiga hodisa haqidagi xabar soat 14:39 da kelib tushgan bo‘lsa, 14:55da yong‘in butunlay o‘chirilgan.
“Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Hozirgi paytda yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda”, — deyiladi nashr xabarida.