4-may kuni Tojikistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Dushanbe shahrida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Xalil Karzay bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston – Afg‘oniston kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga asosiy e’tibor qaratdi.
Suhbat davomida 2018-yilning 26–27-mart kunlari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferentsiya yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida hamkorlik qilish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)