Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida to‘qimachilik fabrikasi qurilmoqda. Bu haqda “KRuz.uz” xabar berdi.
“Kanteks-Invest” korxonasi qurilishi uchun 10 gektar yer ajratilgan. Qurilish 2016-yil 26-aprel kuni boshlangan. Loyiha mamlakat budjetiga 27-30 million dollar miqdorida valyuta tushumini keltirishi kutilmoqda.
Korxona 12 ming tonna paxtani qayta ishlab 8-9 ming tonna ip ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 300 dan ortiq ishchi band qilingan qurilish ishlari 95 foizga yakunlandi.
Loyihaga 312 milliard so‘m sarmoya kiritilgan. Italiya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Xitoy kabi 14 mamlakatdan uskuna keltirildi. 750 nafar odamning ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)