3-may kuni jurnalistika bo‘yicha “Oltin qalam” milliy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Daryo” sharhlovchisi Baxtiyor Nasimov internet-jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Internet-jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofotlarni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi — O‘zA bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov topshirdi. Mukofotlanganlar:
3-o‘rin — “Anhor.uz” sharhlovchisi Yuriy Chernogayev;
2-o‘rin — O‘zA muxbiri, Qoraqalpoq Axborot agentligi direktori Yesimqan Qanaatov;
1-o‘rin — “Daryo” sharhlovchisi Baxtiyor Nasimov.
“Daryo” tahririyati Baxtiyor Nasimovni qo‘lga kiritilgan ushbu yutuq bilan tabriklaydi.
Izoh (0)